Xususan, viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda 1 000 ga yaqin tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabullar oʻtkazildi. Mazkur uchrashuvlarda jami qabul qilingan 156 ta murojaatdan bugungi kunda 67 tasi ijobiy hal etildi, qolganlari boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbirkorlar manfaatida sudlarga 7 ta daʼvo ariza, davlat organlariga 7 ta taqdimnoma va 1 ta ogohnoma kiritildi.
Tadbirkor huquqi buzilishiga yoʻl qoʻygan 55 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi (5 nafar hokim oʻrinbosarlari, 25 nafar boʻlim boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari va 25 nafar boshqa masʼul xodimlar), 24 nafar xodimning intizomiy javobgarlik masalasi koʻrib chiqildi (1 nafar tuman hokimi, 12 nafar boʻlim boshliqlarining oʻrinbosarlari va 11 nafar boshqa masʼul xodimlar).
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida tadbirkorlarning bir necha yoʻnalishlardagi masalalari hal etildi. Xususan, 54 ta tadbirkorlik subyektiga jami 88,3 mlrd. soʻm QQS summasi qoplab berildi, 549 nafar tadbirkorga jami 7,6 mlrd. soʻm miqdorida ortiqcha toʻlangan soliq mablagʻlari qaytarib berildi, 2 ta tadbirkorlar mulkiga qoʻllanilgan taʼsirchan soliq mexanizmi bekor qilindi.
“Yerelektron” tizimida viloyat boʻyicha 1 506 ta yer uchastkasi auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib, shundan 72 tasi sotildi;
— 24 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari auksion savdolariga chiqarildi;
— 2 ta obyekt tadbirkorlarga ijaraga berildi;
— 72 ta obyekt boʻyicha avval tuzilgan ijara shartnomalarining muddatlari uzaytirilib berildi;
— 3 ta tadbirkorlik subyektiga jami 857,7 mln soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilishida yordam koʻrsatildi.