Yana bir masala – viloyatda 1,4 million gektar yaylov bor. Bu – 7 million bosh qoramol va quy-echki uchun tabiiy ozuqa bazasi.
Lekin, Mirishkor, Muborak va Nishonda 20 foiz yaylov degradatsiyaga uchragan, yana 25 foizida yashil qoplama yoʻq.
Shu bois, kelgusi yilda 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturini amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.
Bunda qurgʻoqchilik, issiq va choʻllanishga qarshi urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil qilinadi, meva-sabzavot va dorivor oʻsimliklar ekiladi, koʻp yillik daraxtzorlar barpo qilinadi, suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi hamda quyosh energiyasida ishlaydigan nasoslar oʻrnatilib, yomgʻirlatib sugʻorish pilot loyihasi ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, Chorva mollari genetik tadqiqoti laboratoriyasi tashkil qilinib, Ispaniyaning “Assaf” qoʻylaridan yangi milliy zotlar koʻpaytiriladi.
Mutasaddilarga 1,4 million gektar yaylovning elektron xaritasini yaratish va 100 ming aholini band qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.