Maʼlumotlarga koʻra, 3-marta infarkt bilan ogʻrigan keksa fuqaro tanishlaridan echkiemar (echkiemarlar qizil kitobga kiritilgan) goʻshti va terisi kasallikka davo ekanini eshitib, yovvoyi echkiemarlarni ovlashga tushgan.
U echkiemar ovlash uchun dashtga borib, gala boʻlib yotgan 14 bosh hayvonning boshiga urib, ularni karaxt qilib uyiga olib kelgan. Keyingi safar u 18 bosh boʻz echkiemarni ovlagan.
Kasallikka davo topish ilinjida ovlab kelgan echkiemarlarni soʻyib, ularni pishirib yegan.
Otaxon 32 bosh echkiemarning 12 tasini soʻyib, goʻshti va terisini yegan, qolgan 20 tasini keyinchalik yeyish uchun uyida boqib kelgan. Azamat ota 31 ta echkiemarning terisini axlatdan olganini, ularni sanab koʻrmagan maʼlum qilgan.
Sud erkakka 3 yilga ozodlikdan cheklash jazosi belgilab, Ekologiya vazirligi foydasiga 141 mln 900 ming soʻm undirishni hukm chiqardi.