Hozirda bu yerda 170 ming dona koʻchat bor. Issiqxonada yetishtirilayotgan tarvuz koʻchatlari keyinchalik 20 gektar yer maydoniga koʻchirib oʻtkaziladi.
Koson tumani hokimi mazkur issiqxona tashkil qilingan hududga borib, u yerda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan tanishdi.
Hozirda hududda anchadan beri foydalanishda boʻlmagan yer maydonlari oʻzlashtirilib, bir qismida bogʻ tashkil etilmoqda. Bssiqxonadagi erta pishar tarvuzlar bu yil eksportga ham yoʻnaltiriladi.