Qashqadaryoda gaz balloni portlashi oqibatida 37 kishi jarohatlandi

    2024-yilning 18-mart kuni Koʻkdala tumanida oʻtkazilayotgan saylda gaz chaqnashi natijasida gaz balon portlab ketgan.

    Oqibatda, 37 nafar fuqarolar yongʻin tufayli turli darajada jarohat olib, shifoxonaga olib kelingan.

    Bu haqda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xabar berdi.

    Ularning 7 nafari statsionar tartibda shifoxonaga yotqizilgan, 17 nafarining ahvoli qoniqarli boʻlgani bois, ambulator koʻrikdan oʻtkazilib, tibbiy yordam koʻrsatilgan, 13 nafarida tan jarohatlari aniqlanmagani sababli tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, uyiga qaytarilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Koʻkdala tuman prokururaturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.