Qashqadaryoda hokim yordamchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Ijtimoiy hayot 23 Fevral 2023 1920

    U hujjatlarni soxtalashtirish orqali 162,0 mln soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan tolon-taroj qilgan.

    Shahrisabz tumanida mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlayotgan A.T.Oʻ. “B.S.B.” MCHJ taʼsischisi sifatida ushbu MCHJni tashkil qilgan.

    Bir vaqtda taʼsischilik va rahbarlik qilib kelgan hokim yordamchisi oʻz lavozimidan foydalanib, 114,0 mln soʻm soliq va yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash va tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirgan holda hujjatlarni soxtalashtirish orqali 162,0 mln soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan tolon-taroj qilgan.

    Mazkur holat boʻyicha “B.S.B“ MCHJ rahbariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 2-qismi “B” bandi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash), 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan hamda bir tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslariga nisbatan 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bandi va 228-moddasi 2-qismi “B” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.