Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Shavkat Mamadiyevning ma'lumot berishicha, tibbiy ko'rik viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi poliklinikasida amalga oshirilmoqda.

"Avvalo rahbarlarning o'zi shaxsiy na'muna ko'rsatib, tibbiy ko'rikdan o'tishi va sog'lomligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bu jarayon hokimlar bilan boshlanib, barcha ni qamrab oladi. Joriy yilda aholi salomatligiga alohida e'tibor qaratiladi",  - deydi Shavkat Mamadiyev.