Viloyat hokimligi axborot xizmatiining xabar berishicha, hokimlarni Qarshi temir yo‘l vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzayev ham ularga o‘z fikrlarini bildirdi.
— Tarixda birinchi bor davolanish uchun bormoqdasizlar, — dedi Zoyir Mirzaev. — Demak, dam olishga borayapmanmi yoki davolanishga, degan fikr hammada bo'lishi kerak. Sizning salomatligingiz jamiyatga ham, oila a'zolaringizga ham kerak. Ertadan o'rinlaringizni vaqtincha yoshlar egallaydi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Xalqchil bo'lishning birdan bir usuli — xalqni dardu tashvishlarini ichida bo'lish". Yosh rahbarlardan zora bittagina xalq dardiga echim topa olsak ham, bu katta yutuqdir.
Viloyat hokimi o'rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari 10 kun davomida "Chinobod Plaza" sanatoriyasida tibbiy ko'rik natijalari asosida ilk bor davolanib, katta kuch bilan o'z faoliyatini boshlaydilar.