Aniqlanishicha, Byuroning Koʻkdala tumani boʻlimi davlat ijrochisi A.D. va u bilan birga boʻlgan Shahrisabz tumani boʻlimi davlat ijrochisi J.M. Shahrisabz shahri, “Bogʻibahor” mahallasida yashovchi fuqaro U.R.ning yoniga borib, unga nisbatan oʻrnatilgan taqiqni yechib berish evaziga olgan 1 200 AQSH dollarini U.R.ga qaytarib berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda, holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.