Ular o'zlarida avvaldan saqlab kelgan qalbaki bir xil seriya va raqamlarga ega bo'lgan 134 dona 100 dollarlik kupyurada jami 13,4 ming dollarni fuqaro M.Nazarovaga transport vositasi puli sifatida bergan.

10-oktyabr kuni Bosh prokuratura departamentining Shahrisabz tuman bo'limi tomonidan A.Jumayev va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish) 2-qismi “b", "v” bandlari va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.