Qashqadaryoda katta sport bayrami

    Qashqadaryo viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasining Respublika bosqichi boshlandi.

    Avval xabar berib oʻtganimizdek, shu kunlarda yurtimizning turli viloyatlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bahslari oʻtkazilmoqda. Jumladan, oʻtgan hafta Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida, Andijon, Namangan, Fargʻona va Sirdaryo viloyatlarida stol tennisi, voleybol, shashka kabi sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

    Shu yilning aprel oyidan boshlab start berilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida sportning yengil atletika, voleybol, stritbol, stol tennisi, shashka va workout turlari boʻyicha Respublika final bosqichlari barcha viloyatlarda koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtmoqda.

    “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Qashqadaryo viloyatida 21-23-iyun kunlari voleybol musobaqalari boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqalarga Qarshi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji hamda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti mezbonlik qiladi.

    Musobaqani yuksak saviyada oʻtkazish uchun bu yerda barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilgan. Bugun musobaqalarga start berildi.