Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari Lola Saodatova, tuman hokimi Akrom Aripov, nuroniylar, yoshlar, ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Aytish oʻrinli, Prezident qarorida maskanlar yangi qurilishlar orqali yoki boʻsh turgan binolarda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan tashkil etilishi qayd etilgan. Shu asosda tuman hokimligi balansida boʻlgan foydalanilmayotgan binoda rahbar va mutaxassis xonalari, kutubxona, yigʻilishlar zali tashkil etilib, tuman boʻlinmasi ixtiyoriga berildi. Bu yerda, shuningdek, Qashqadaryodan birinchi boʻlib Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan Boʻron Roʻziyev, Qobil Moʻminov faoliyati aks etgan burchak ham tashkil etiladi.

Qayd etish lozim, 2021-yilda Qarshi shahrida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi uchun, Shahrisabzda esa tuman boʻlinmasi uchun maʼnaviyat maskani qurib foydalanishga topshirilgan edi. 2022-yilda Kitob, Nishon, Dehqonobod va Yakkabogʻ tumanlarida, joriy yilda esa Mirishkor, Shahrisabz, Koʻkdala va Muborakda maʼnaviyat maskanlari ish boshladi.