Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tekshiruvlarda ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Sh. S. ga tegishli xonadondagi issiqxonada tabiiy gaz tarmogʻiga tegishli loyiha hujjatlarisiz, xonadonga oʻrnatilgan hisoblagichning filtr qismidan oʻzboshimchalik bilan rezina shlang va gaz soʻrgʻich orqali tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 117 million soʻmlik zarar hisoblandi. Jarayonga tegishli barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.