Bolalar ombudsmaniga Shaxrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tugʻilgan qiz M.M. dan 16-yanvar kuni murojaat kelib tushgan edi.

Bu holat yuzasidan M.M ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrilgan. 

29-yanvar kuni M.M. Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan boʻlsada, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishni davom etayotganligini bayon etdi. 

29-yanvar kuni O.B. bunday harakatlari uchun maʼmuriy tartibda ushlanib, bugun, 30-yanvar kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Shaxrisabz shahar sudi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 206 (1) moddasi (Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga maʼmuriy qamoqqa olindi.