Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tumanning “Qoraqum“ mahallasi hududida fuqaro (H.Z) tomonidan tabiiy holda oʻsuvchi saksovul oʻsimligini hech qanday ruxsatnomasiz kesganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9mln 735 ming soʻm jarima hamda, 3mln 780 ming soʻm tabiatga yetkazgan zarar qoʻllanildi.

Eslatib oʻtamiz, yulgʻundoshlar oilasiga mansub- Saksovul oʻsimligi asosan choʻllarda oʻsadi. Bu oʻsimlik yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka, shoʻrxokka, zaxlikka chidamliligi bilan ajralib turadi.