Shu maqsadda, Bosh Vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov va viloyat hokimi Murotjon Azimov masʼullar ishtirokida Qamashi tumani Katta Oʻra mahallasida boʻldi.
Mahalla hududida Maydanak observatoriyasi joylashgan. Shuningdek, hududning Zarafshon archalariga boyligi turistlarni oʻziga jalb qilib kelmoqda. Shularni hisobga olgan holda turistik ahamiyatdagi obyektlar qurish, zamonaviy muhandislik infratuzilma obyektlarni tashkil qilish boʻyicha loyiha takliflari ishlab chiqilgan.
Bugun ana shunday obyektlarning birida ramziy qurilish ishlari boshlandi.
Maʼlumot oʻrnida, Katta Oʻra mahallasida jami 58,6 gektar maydonda turistik zona tashkil qilish rejalashtirilgan.











