Qashqadaryoda yovvoyi dala mushugi fuqaroning parrandalarini nobud qildi

    2024-yil 4-mart kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Qani” qishlogʻida yashovchi fuqaro N.Z.ning hovlisiga nomaʼlum yovvoyi hayvon kirib qolgani maʼlum qildi. 

    Uning aytishicha, hayvon uy parrandalarini nobud qilib, hozirda hovlisidagi tovuqxonaga qamalib qoldi.

    Holat yuzasidan Shahrisabz tuman ekologiya boʻlimi, “Hisor” davlat qoʻriqxonasi, Shahrisabz tuman FVB xodimlari va Shahrisabz tuman Obodonlashtirish boʻlimining maxsus guruhi tomonidan oʻrganilganda mazkur yovvoyi hayvon “yovvoyi dala mushugi” ekani aniqlandi.

    Koʻrilgan choralar natijasida “yovvoyi dala mushugi” xonadondan olib chiqilib xavfsizlik taʼminlandi hamda vaqtinchalik saqlash uchun Shaxrisabz tuman obodonlashtirish boʻlimining maxsus xonasiga joylashtirildi.

    Hozirda “yovvoyi dala mushugini”ni oʻzi yashaydigan yovvoyi tabiat qoʻyniga qaytarish choralari koʻrilmoqda.