Videoda haydovchi xodimlarga qarshilik koʻrsatib, ularning biri bilan yoqalashganini ham koʻrish mumkin.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, yoʻlda xizmat olib borayotgan IIO xodimi avtomobilini belgilanmagan joyga qoʻyib ketgan Cobalt avtomobilining egasidan hujjatlarini soʻragan. Ammo haydovchi hujjatlarni taqdim qilmay, xodimning qonuniy talabiga qarshilik qilgan. Shundan soʻng, haydovchi janjal koʻtargan.
«Haydovchini tinchlantirishga urindik. Uni qonuniy talabga boʻysintirishiga urindik", — deydi PYX xodimi.
Avtomobil jarima maydoniga qoʻyilgan. Haydovchiga esa JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
«YPX xodimlariga boʻysunmay qochishga harakat qildim. Ular meni mashinadan tushirib olishgani sababli jahlim chiqib, janjallashib ketdim. Hammadan uzr soʻrayman", — deydi haydovchi.