Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani Toʻqmor MFY da yashovchi fuqaro N.O.ning hovlisiga yovvoyi hayvon kirib qoldi.

Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamda Koʻkdala tuman IIB xodimlari bilan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganish davomida fuqaroning hovlisiga kirib qolgan hayvon boʻri ekanligi aniqlandi.

Shahrisabz shaharda joylashgan “Zoosirk” xususiy korxonasiga xabar berildi. Mutaxassis tomonidan boʻrining holati oʻrganilib, uning xulosasi bilan tabiat qoʻyniga quyib yuborish choralari koʻrilmoqda.

Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi, deyiladi Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.