Uchrashuvda tomonlar inspektorlarni tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro havo transportini rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, ICAO auditiga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish boʻyicha tajriba almashish va hamkorlik qilish masalalari boʻyicha kelishib oldilar.
Shuningdek, tomonlar Oʻzbekiston vakillarining Qatar Hukumatining grant dasturlari asosida meteorologiya, havodagi harakatni boshqarish, uchuvchilik va muhandislik yoʻnalishlarida aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash dasturlarida ishtirok etish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.