Osiyo qitʼasining eng nufuzli futbol turniri Osiyo kubogi-2023 final oʻyinlari joriy yilning 16-iyun – 16-iyul kunlari Xitoyda tashkil etilishi lozim edi. Biroq ushbu davlat koronavirus bilan bogʻliq holat sabab oʻtgan yilning may oyida musobaqa mezbonligidan voz kechdi. Shu bois turnir 2024-yilning yanvar oyida Qatarda tashkil etiladigan boʻldi.
Kuni kecha Osiyo kubogi-2023 bahslarini qabul qiladigan stadionlar nomi eʼlon qilindi. Roʻyxatdan “Al-Janub”, “Al-Bayt”, “Ahmad bin Ali”, “At-Tumama”, “Edukeyshn Siti”, “Xalifa”, “Jassim bin Hamad”, “Abdullo bin Xalifa” stadionlari joy olgan.
Eslatib oʻtamiz, musobaqada 24 jamoa ishtirok etadi. Ular Avstraliya, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Vyetnam, Gonkong, Janubiy Koreya, Iroq, Indoneziya, Iordaniya, Livan, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Tailand, Ummon, Falastin, Xitoy, Eron, Yaponiya, Oʻzbekiston, Qatar, Qirgʻiziston, Hindiston terma jamoalari.
Oʻzbekiston uchinchi saralash bosqichi orqali turnir yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.