Suhbat chog'ida O'zbekiston va Qatar o'rtasida siyosiy-diplomatik aloqalar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta'kidlandi.

Rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha tomonlar bir-birlarini qo'llab-quvvatlashda davom etishlari ma'lum qilindi.

Al-Murayxiy O'zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligida erishilgan amaliy natijalarni ijobiy tavsifladi. O'zbekiston tomonining faol ishtirokida Qatarga SHHTning muloqot bo'yicha hamkori maqomi berilishi ushbu davlat va SHHT o'rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishi ta'kidlandi.