Ushbu qo'ziqorin qayin daraxtini yo'q qiladigan parazit hisoblansa-da, u dori sifatida odamlarga yordam berishi mumkin. CHagadan tayyorlanadigan dorilar turli kasalliklarni, shu jumladan, virusli infektsiyalarni va hatto koronavirusni davolashda samarali bo'lishi mumkin.

   Koronavirusni davolashda yordam beradigan preparatni tayyorlashdagi asosiy qiyinchilik shuki, virusni yo'q qiladigan, ammo asosiy hujayralarga ta'sir qilmaydigan moddalarni topa bilishdir.   

   CHaga bu parazit qo'ziqorindir. U qayin tanalarida o'sadi. Daraxtni yo'q qiladi va yog'och sifatini buzadi. CHaganing yana bir nomi “tinder qo'ziqorinidir”. Siz uni rangidan tanib olishingiz mumkin. Tashqi tomoni qora, ichki tomoni esa to'q sariq rangda. Qayin qo'ziqorini qo'shqo'nmas qa tog' gullarida ham uchrashi mumkin.
    Xalq tabobatida qayin qo'ziqorinining dorivor xususiyatlari qadimdan ma'lum bo'lgan. Rossiyada azaldan CHaga oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Sibirda bu parazit qo'ziqorin mastit va fibroz bilan kurashishda, jigar va buyraklarni tozalashda ishlatib kelingan.  Uzoq SHarqda esa infektsiyani va yallig'lanish jarayonlarini oldini olishda choy bilan ichilgan.