Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 10 699 tani tashkil etgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,2 foizga oshgan.
2021-yil yanvar-avgust oylarida axborot va aloqa sohasida 1 759 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 741 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha eng koʻp ulushga ega boʻlgan hududlar:
Toshkent shahri – 620 ta;
Fargʻona viloyati – 195 ta;
Samarqand viloyati – 155 ta;
Toshkent viloyati – 115 ta.