Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 458 042 ta boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 454 975 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni:
Toshkent shahri – 94 031 ta;
Toshkent viloyati – 43 810 ta;
Fargʻona viloyati – 39 351 ta;
Samarqand viloyati – 38 433 ta;
Andijon viloyati – 34 994 ta;
Qashqadaryo viloyati – 30 901 ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 149 693 ta;
sanoatda – 89 795 ta;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 45 727 ta;
qurilishda – 43 828 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha:
xizmatlarda – 32 434ta.