Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda jami 323 066 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ulardan 306 753 tasi faoliyat yuritmoqda.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning soni:

Toshkent shahri – 77 558 ta;

Toshkent viloyati – 32 422 ta;

Andijon viloyati – 26 589 ta;

Samarqand viloyati – 22 675 ta;

Fargʻona viloyati – 21 680 ta;

Namangan viloyati – 20 268 ta;

Buxoro viloyati – 19 421 ta;

Qashqadaryo viloyati – 16 262 ta;

Qoraqalpogʻiston R. – 14 417 ta;

Jizzax viloyati – 12 844 ta;

Xorazm viloyati – 10 889 ta;

Surxondaryo viloyati – 10 866 ta;

Sirdaryo viloyati – 10 518 ta;

Navoiy viloyati – 10 344 ta.