Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati mamlakatimiz hududlaridagi mulk egalari haqida qiziqarli ma'lumot tayyorladi. Unga ko'ra, 2022-yil 1-sentyabr holati bo'yicha respublikadagi jami obyektlar soni 8 092 590 tani tashkil etadi.
Shundan, ko'chmas mulklari eng ko'p bo'lgan erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida ro'yxatga olingan bo'lib, ularning soni — 694 822 nafar. Sirdaryo viloyatida esa 144 500 ta mulk erkaklarga tegishli bo'lib, ular hozircha ro'yxatning so'ngida turibdi.
Mulkdor ayollarning eng ko'pi poytaxtimiz Toshkent shahrida ekan. Keyingi o'rinlarda Toshkent va Farg'ona viloyatlari, so'nggida esa Sirdaryo viloyatini ko'rishimiz mumkin.