Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritgan sanatoriya-kurort muassasalari soni:

Toshkent viloyatida – 40 ta;

Fargʻona viloyatida – 39 ta;

Samarqand viloyatida – 25 ta;

Qashqadaryo viloyatida – 21 ta;

Namangan viloyatida – 20 ta;

Toshkent shahrida – 15 ta;

Andijon viloyatida – 11 ta;

Jizzax viloyatida – 10 ta;

Surxondaryo viloyatida – 8 ta;

Qoraqalpogʻiston R. – 8 ta;

Navoiy viloyatida – 7 ta;

Xorazm viloyatida – 6 ta;

Buxoro viloyatida – 4 ta;

Sirdaryo viloyatida – 2 ta.