Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yil 1-avgust holatiga 396 448 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

— savdo sohasida – 150 319 ta;

— sanoat sohasida – 63 049 ta;

— qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 33 668 ta;

— qurilish sohasida – 30 080 ta;

— yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 123 ta;

— tashish va saqlash sohasida – 16 521 ta;

— axborot va aloqa sohasida – 9 915 ta;

— sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 584 ta, boshqa sohalarda esa – 55 189 tani tashkil qiladi.