Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 13 089 tani, shundan qoʻshma korxonalar 6 096 ta va xorijiy korxonalar 6 993 tani tashkil etmoqda.

2021-yilning 1-sentyabr holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning sohalar boʻyicha soni:

Sanoat – 4 136 ta;

Savdo – 3 632 ta;

Qurilish – 1 087 ta;

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 716 ta;

Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 555 ta;

Axborot va aloqa – 375 ta;

Tashish va saqlash – 334 ta;

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish – 204 ta.