Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-mart holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 12 069 tani, shundan qoʻshma korxonalar 5 760 ta va xorijiy korxonalar 6 309 tani tashkil etmoqda.
2021-yilning 1-mart holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning sohalar boʻyicha soni:
Sanoat – 3 991 ta;
Savdo – 3 199 ta;
Qurilish – 983 ta;
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 697 ta;
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 511 ta;
Axborot va aloqa – 329 ta;
Tashish va saqlash – 328 ta;
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish – 178 tani tashkil etadi.