Qaysi sportchilar OTMlarga imtihonlarsiz qabul qilinadi?

    Koʻpchilik chempion sportchilar oliygohlarga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi deb oʻylaydi. Lekin bu borada ham oʻziga xos mezonlar mavjud.

    Qonunchilikka koʻra, sportning quyidagi turlari boʻyicha respublika musobaqalarida 1-oʻrinni, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan akademik litsey, kasb-hunar kolleji va maktablar bitiruvchilari tegishli OTMga ushbu yoʻnalishlarga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlari va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi:

    • avtomobil va mototsikl sporti;
    • sportning aviamodel va raketamodel turlari;
    • olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha.