Ushbu bitim Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi ijrochi direktori Elzod Raxmanov va “Ipoteka bank” ATIB tomonidan Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari Farrux Botirovlar tomonidan imzolandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Kelishuv doirasida Bank Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan aholiga energiya tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshmagan holda 5 yil muddatga yashil isteʼmol kreditlari ajratishni yoʻlga qoʻyadi.

Ushbu kredit mablagʻlari aholining energiya resurslariga tobora oshib borayotgan talabini qondirishga va atrof muhitga zararli gazlar ajralishini kamaytirishga xizmat qiladi.