Xabarda qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantura instituti tashkil etildi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida doktoranturaga hujjatlar 2023-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha boʻlgan muddatda qabul qilinadi.
2023-yil 6-noyabrdan dastlab suhbat asosida, keyin mutaxassislik sohasidan (fizika) va chet tili (ingliz tili)dan imtihon oʻtkaziladi. Chet tilidan IELTS (5.5 minimal) yoki milliy sertifikat (V2 daraja) boʻlsa, 100 ball qoʻshib beriladi.
Taʼkidlash kerakki, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida 2024-yildan boshlab 05.05.06-“Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilik asosida ham ilmiy darajaga ega kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.