Unda tomonlar yaqin yillarda erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha fikr almashdi.
Xususan “QazaqGaz” kompaniyasi tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJda amalga oshirilayotgan loyihalar eʼtirof etilib, kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirishda erishgan boy tajriba qozoq kompaniyasiga qoʻl kelishini taʼkidlandi.
Muhokamada “QazaqGaz” kompaniyasi mutaxassislari hozirda «Koshagan» koni resurslaridan samarali foydalanish maqsadida gazni qayta ishlash istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari xorijiy hamkorlar bilan birgalikda oʻrganilayotganini aytib oʻtdi. Bunda gaz tarkibidan qoʻshilgan qiymatdagi uglevodorod mahsulotlarini ishlab chiqarish asosiy maqsad ekanligi va bu borada tomonlar mintaqada yuqori samarali loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishi mumkinligi taʼkidlandi.
Olib borilgan video konferens aloqa mobaynida tomonlar oʻzaro kadrlar malakasini oshirish va gazni qayta ishlash va uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash boʻyicha ishchi guruhlarni shakllantirish hamda dastlabki oʻrganishlarni boshlashga kelishib oldilar, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: “Oʻzbekneftgaz” AJ va Qozogʻistonning “QazaqGaz” AJ kompaniyalari oʻrtasida neft va gaz sanoatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish va tajriba almashish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan. Memorandumga asosan hamkorlikni kengaytirish borasida “yoʻl xarita”si ishlab chiqilib, chora tadbirlari belgilangan. “QazaqGaz” kompaniyasi esa Qozogʻistonning vertikal integrallashgan milliy gaz kompaniyasi boʻlib, geologik qidiruvdan tortib qazib olish hamda mahsulotlar realizatsiyasi faoliyatini olib boradi.