Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari U.Yu. fuqaro J.B.ning “G‘oliblar” MFY hududidagi xonadoni tegishli tashkilotlarning ruxsatnomasi asosida qurilgan bo‘lsa-da, U.Yu. mazkur xonadonni oqib o‘tuvchi kanalga yaqin qurilgan deb sudga chora ko‘rishlik uchun yuborishini, agar 16 000 AQSh dollari bersa sudda barcha kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida ko‘rsatma berishi va da’vodan voz kechishini aytib, shundan 5 000 AQSH dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.