Byuroning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan ijro hujjati boʻyicha qarzdor A.N. qarzdorlikni bartaraf etish boʻyicha bir necha marotaba ogohlantirilgan boʻlsa-da, qarzni toʻlash chorasini koʻrmagan.

Aksincha, qarz undirish qaratilishi mumkin boʻlgan “Nexia 3” avtomashinasini ham yashirib qoʻyadi.

Byuroning qidiruv shuʼbasi inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida avtoulov yashirib qoʻyilgan xonadondan topilib, jarima maydoniga olib kirildi.