Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 1962-yili Samarqand viloyatida tugʻilgan fuqaro M.B. hamda 1987-yili tugʻilgan fuqaro N.N. tezkor tadbir davomida qoʻlga olinib, Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilingan.
“Ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish soʻraladi”, — deyiladi Bosh konsulxonasi xabarida.