7- fevral kuni boshqa xorijiy mamlakatlardan 50ga yaqin sportchi ishtirok etgan shaxsiy birinchilik bahslarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 7 nafar vakili – Mamutov, Genzhebayev, Rasulov, Dushamboyev, Aymuratov, Eshjanov, Davletnazarov ishtirok etishdi. Bu haqda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qizg‘in kurashlar davomida qilichbozlarimiz Rasulov, Aymurotov, Eshjanovlar kuchli 8talik guruhga kirish uchun janglarni boy berishdi, Davletnazarov esa chorak final bellashuvida mag‘lubiyatga uchradi.

Quvonarlisi, erkaklar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha xalqaro turnir g‘olib va sovrindorlari qatorida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikkita qilichbozi Sherzod Mamutov va Pazilbek Genzhebayev birinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Shuni taʼkidlash kerak, ikkala hamyurtimiz – Sherzod va Pazilbek yarim finalda to‘qnash kelishdi. Eng kuchlilarning 2-tarkibiga kirish uchun Genzhebayev Mamutovga yutqazdi va "bronza"ni qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, Sherzod Mamutov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi va final bosqichida bolgariyalik qilichbozni yengib, xalqaro turnirning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Taʼkidlash joizki, o‘zbek qilichbozlari ushbu xalqaro turnirda munosib ishtirok etib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishdi.