Tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.Z. boshqaruvidagi “VOLVO” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida yoʻl yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, fuqaro X.J.ga tegishli boʻlgan umumiy qiymati 79,8 million soʻmlik, turli oʻlchamdagi yuk avtomashinasi diskalari borligi maʼlum boʻldi.

Yana bir holatda mazkur post orqali yurtimizga kirib kelgan, fuqaro R.S. boshqaruvidagi “VOLVO” rusumli yuk avtotransporti bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Tekshiruv davomida avtomashinada “Kamaz” rusumli yuk avtotransport vositasiga tegishli boʻlgan 98 dona, umumiy qiymati 38 million soʻmlik avto ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.