Mazkur uchrashuv aynan yoshlar manfaatlari yoʻlida tashkil etilib, unda “Yuksalish” umummilliy harakati rahbariyati, Universiteti huzurida Konrad Adenauer bilan Yevropa Ittifoqining loyihasi doirasida tashkil etilgan Bagʻrikenglik Markazi va «Konrad Adenauer» jamgʻarmasining Markaziy Osiyo mintaqaviy vakillar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida yoshlar va xalqaro hamkorlarning Fargʻona Davlat Universiteti huzuridagi «Konrad Adenauer» bilan Yevropa Ittifoqining loyihasi doirasida tashkil etilgan Bagʻrikenglik Markaziga tashrifi amalga oshirildi. Loyiha maqsadi va istiqbollari bilan yaqindan tanishgan talabalarga maʼruzalar orqali yoshlarning tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishda xalqaro tajriba tanishtirib borildi.
Uchrashuv davomida soʻz olgan Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti talabasi A.Sulumbekova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi D.Sulaymonova, universitetning ijtimoiy iqtisodiy fakulteti talabasi N.Jabborovalar oʻz ilmiy izlanishlari, qiziqishlari, oliy taʼlimdagi xalqaro hamkorliklar samarasi xususida gapirib, mazkur oʻzgarishlar yoshlar uchun tobora imkoniyatlar eshigini ochayotgani, ijobiy natija berayotganini taʼkidladilar.
Tadbirda soʻzga chiqqan Berlin shahridagi Konrad Adenauer jamgʻarmasi stajyori Janna Mayer talabalarga Germaniyadagi taʼlim va stipendiya dasturlari batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.
Ochiq muloqotga aylangan uchrashuvda yoshlar “Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yoshlari oʻrtasidagi hamkorlikni qanday tasavvur qilaman?” mavzusida muhokama va munozaralar olib bordilar. Bunda talabalar hamkorlikning kelajagi toʻgʻrisida oʻz qarashlarini erkin va ochiq bayon etdilar.
Aytish joizki, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida olib borilayotgan muzokaralar natijalari uzoq muddatli istiqbolda ikki tomonlama munosabatlarning tubdan yangi bosqichini boshlab berdi. Bu esa ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy munosabatlarning butun spektri rivojlanishi uchun qulay muhit yaratmoqda.
Jumladan, Konrad Adenauer nomidagi Jamgʻarma olimlarining Qirgʻiziston Respublikasidan Oʻzbekistonga tashrifi ikki doʻst qoʻshni davlat yoshlarini birlashtirish jarayoniga katta hissa qoʻshadi.
Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan qayd etilganidek, mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona milliy siyosat, millatlararo doʻstlikni mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar natijasida davlatning tashqi aloqalarida yuqori rivojlanish kuzatilmoqda. Jumladan, ikki hamkor qoʻshni davlatlarning oliy taʼlim yoʻnalishida olib borayotgan hamkorligi ham bugun juda mustahkam rishtalar yarata olgan.
Javohirbek Shamsuddinov,
“Yuksalish” umummilliy harakati
Fargʻona viloyati hududiy boʻlinmasi koordinatori.