Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Batken viloyati gubernatori Abdikarim Alimbayev va So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan chegara hududlari rahbarlarining mintaqaviy uchrashuvida uch chegaradosh viloyatning rasmiylari ham ishtirok etmoqdalar.
Kengaytirilgan tartibda o‘tkazilgan uch tomonlama uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, turizm va boshqa sohalarda hududlararo hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.