“Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan oʻtkazayapman”, - dedi davlatimiz rahbari.
Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol koʻrsatib qoʻygani taʼkidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.
Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora koʻrilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qatʼiy eʼtiroz bildirildi.
Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun bugun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev lavozimidan ozod etildi.
Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini oʻrganish topshirildi.
"Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.
Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʻrinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.
Qishga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun ayrim rahbarlar lavozimidan ozod etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boshlandi.
Nukusda futbol va boshqa sport turlari uchun zamonaviy infratuzilma yaratildi
- Nukusda aholi dam olishi va tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratilmoqda
- Qoraqalpogʻistonda zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish kengaymoqda
- Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda
- Qoraqalpogʻistonda 7,6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi quvvatlar qurilishiga start berildi
- Uchkоʻprikda 37 kishi ovqatdan zaharlanganlik gumoni bilan shifoxonaga yotqizildi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi