Unga koʻra, qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining 50 foizini, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi belgilandi.
Sugʻurta qildiruvchi subsidiya olish maqsadida “Agroplatforma” ATda roʻyxatdan oʻtadi va quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
▪️sugʻurta shartnomasi;
▪️sugʻurta polisi;
▪️sugʻurta shartnomasida qayd etilgan sugʻurta mukofotining toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi va hisob-faktura.
Sugʻurta qilish nazarda tutilgan sugʻurta qildiruvchining qishloq xoʻjaligi ekinlari “CropAgro” ATga elektron joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi 3 ish kuni ichida subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
- sugʻurta qildiruvchining oʻz arizasiga asosan;
- belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
- sugʻurta qildiruvchi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
- qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda.
Sugʻurta qildiruvchiga subsidiya ajratishni boshqa asoslar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.