Unga koʻra, qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining 50 foizini, biroq sugʻurta summasining 4 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi belgilandi.

Sugʻurta qildiruvchi subsidiya olish maqsadida “Agroplatforma” ATda roʻyxatdan oʻtadi va quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

▪️sugʻurta shartnomasi;
▪️sugʻurta polisi;
▪️sugʻurta shartnomasida qayd etilgan sugʻurta mukofotining toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi va hisob-faktura.

Sugʻurta qilish nazarda tutilgan sugʻurta qildiruvchining qishloq xoʻjaligi ekinlari “CropAgro” ATga elektron joylashtirilgan boʻlishi lozim.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi 3 ish kuni ichida subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.

Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • sugʻurta qildiruvchining oʻz arizasiga asosan;
  • belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
  • sugʻurta qildiruvchi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
  • qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda.

Sugʻurta qildiruvchiga subsidiya ajratishni boshqa asoslar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.