Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot(xizmat)larining umumiy hajmi 116,6 trillion soʻmni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 101,8 foizni tashkil qildi.
Bunda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 112,5 trillion soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,7 foizni tashkil etdi.
Jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi - 40,7 foizni, chorvachilik mahsulotlarining ulushi -59,3 foizni tashkil etdi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 78,5 foizi – dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 18,5 foizi – fermer xoʻjaliklariga, 3,0 foizi – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelgan.