Ishlab chiquvchilarning fikriga koʻra, ular bodring, pomidor, atirgul, uzum hamda gilosga taʼsir qilgan kasallikni aniqlashda 98% aniqlikka erishishga muvaffaq boʻlishdi. Xizmat Android smartfon ilovasiga mos keladi.

Xonaki va qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari kasalliklarini aniqlash uchun hamma joyda tasvirlarni saralashda foydalaniladigan yuqori aniqlikka ega neyron tarmogʻidan foydalanilgan.

Foydalanuvchi soʻrovini qayta ishlashda algoritm birinchi navbatda kasallik va zararkunandalar uchun umumiy modeldan foydalanadi, keyin neyron tarmoq oʻsimlik turini aniqlaydi. Muayyan sharoitlarda foydalanuvchi shaxsiy prognozni ham oladi.

Hozir saytda 19 turdagi qishloq xoʻjaligi va manzarali ekinlar uchun modellar mavjud. Barcha oʻsimlik turlari uchun umumiy model 55 xil kasallik va zararkunandalarni “taniydi”. Maʼlumotlar bazasida 4 mingdan ortiq tasvir mavjud.

Agroxoldingdan tortib endi ish boshlagan bogʻbongacha barcha mazkur interfeys platformasidan foydalanishi mumkin. Dasturdagi oʻsimliklarni davolash boʻyicha professional agronomlar tavsiyalari ularga asqatadi, deb xabar beradi iz.ru.