Qishloq xoʻjaligi texnikasi olishga 130 million dollar imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi.

Shu bilan birga, Andijonda oʻgʻit ombori kamligi, oqibatda fermerlar oʻgʻitni dalagacha olib kelishda yana 20 foizgacha qoʻshimcha xarajat qilayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga Ulugʻnor, Xonobod, Boʻston, Paxtaobod, Baliqchi, Asaka va Qoʻrgʻontepada 8 ta yangi ombor ochib, yana 35 ming tonna oʻgʻitni zaxiralash topshirildi.