Mazkur nodavlat tadqiqot muassasasi markaziy ofisi Qirgʻiziston Respublikasining Bishkek shahrida joylashgan.

Delegatsiya rahbari doktor Georg Shtefen Fletcherning maʻlumotiga koʻra, mintaqa suv tanqisligi sharoitida ozuqabop yem-hashak va ekinlar etishtirish boʻyicha katta salohiyatga ega. Tashkilot Markaziy Osiyo mamlakatlari qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohasi istiqbollari uchun xamkorlik qilishni rejalashtirgan.

Mazkur dastur ushbu sohalar boʻyicha koʻp yillik hamkorlikni kafolatlaydi va dastur boʻyicha turli loyihalarni amaliyotga joriy etadi.

 

Loyiha dasturiga koʻra, horijiy ekspertlar Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand tajriba stansiyasidagi Uzum plantatsiyalari va uzum yetishtirishning turli texnologiyalari bilan tanishishni maqsad qilgan.

 

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand tajriba stansiyasi, shuningdek, sabzavot yetishtiriladigan fermer xoʻjaliklari, urugʻchilik sabzavotchilik xoʻjaliklari va Sabzavotlarni saqlash joylari bilan tanishadilar.

Zarafshon daryosining daryo landshaftlari, Amudaryo deltasidagi to'qay o'rmon zonasi va xo'jaliklararo sug'orish tizimlari ham ushbu dastur doirasida o'rganib chiqiladi.

Axborot xizmati