Farmonga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etildi.

Milliy markaz barcha turdagi davlat ilmiy va OTMning qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qishloq xoʻjaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:

● 2021–2022-yillarda Milliy markazning Respublika agroxizmatlar markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari;

● 2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida Milliy markazning tuman agroxizmatlar markazlari.

Bundan tashqari, 2021-yil 1-martdan, tajriba tariqasida, Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etiladi.

Farmon bilan Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021-2025-yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya doirasida, jumladan, Milliy markaz huzuridagi 100 dan ortiq xizmatlarni koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.